Senator talabalar bilan muloqot oʻtkazdi
Qarshi davlat texnika universitetida Oliy Majlis Senati aʼzosi Shuhrat Aslanovning talabalar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Tadbirda senator mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar jarayonida yoshlarning oʻrni, bilimi, fuqarolik masʼuliyati va malakasini oshirishga qaratilgan davlat siyosati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilimli va malakali kadr sifatida shakllanishi uchun keng imkoniyatlarga eʼtibor qaratdi.
Muloqot davomida talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini uygʻunlashtirish, mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, “Shoʻrtan gaz kimyo” majmuasi bilan universitet oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik, Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati, talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish, xorijiy tillarni oʻrganish va chet elda mehnat faoliyatini davom ettirish uchun sharoitlar yaratilganiga ham urgʻu berildi.
Tadbir yakunida “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning stipendiya dasturi gʻoliblariga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring