Senator parlament delegatsiyasi tarkibida Singapurda boʻldi
Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobul Tursunov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi tarkibida Singapurda boʻldi.
Tashrif doirasida senator ushbu mamlakat parlamenti faoliyati bilan tanishdi, ikki tomonlama uchrashuvlarda hamda ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarining yanada kengaytirish masalalari muhokamasida ishtirok etdi.
Singapur parlamenti aʼzolari Oʻzbekistonda juda katta oʻzgarishlarga, xususan Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan tarixiy va izchil islohotlarga guvohi boʻlayotganini taʼkidladi. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz jadal rivojlanib, barcha sohalarda ijobiy natijalarga erishayotgani, qonunlarda xalqaro tajriba inobatga olingani va ular xalq manfaatiga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Singapur Respublikasi Prezidenti Tarman Shanmugaratnam tomonidan ham qabul qilindi.
Singapur Prezidenti Oʻzbekiston kelajagi haqida ijobiy fikrlar bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga hamda sobiq Prezident Xalima Yakubning Oʻzbekistonga tashriflari ikki tomonlama aloqalarni jadallashtirishga muhim turtki boʻlganini taʼkidladi.
Singapurda boʻlib oʻtgan samarali uchrashuv va muloqotlar, shubhasiz, ikki mamlakatning parlamentlararo munosabatlari rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring