Senator Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlashga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
2025-yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov “Mintaqaviylik va barqarorlik: global oʻzgarishlar sharoitlarida Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya ishida 100 dan ortiq tashkilot va davlatlarning vakillari, oliy harbiy taʼlim muassasalari ekspertlari, shuningdek, Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim hamda tadqiqot muassasalari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Senator oʻz maʼruzasida global miqyosdagi geosiyosiy jarayonlar sharoitida mintaqa davlatlari oldida turgan vazifalar, xavfsizlik tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va mintaqaviy barqarorlikning uzoq muddatli istiqbollari haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini alohida qayd etdi.
Anjumanda global va regional xavfsizlik tizimida xalqaro tashkilotlarning oʻrni, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlashda mintaqaviy hamkorlikning dolzarbligi yuzasidan maʼruzalar eshitildi.
Konferensiya yakunida ekspertlar doirasida oʻtkazilgan fikr almashinuvi natijalari asosida mintaqada xavfsizlik siyosatini yanada takomillashtirish, yangi ilmiy-amaliy tashabbuslarni ilgari surish, qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring