Senatda TurkPA Bosh kotibi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun, 12-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi (TurkPA) Bosh kotibi Ramil Hasan bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va TurkPA oʻrtasidagi hamkorlikni, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti va turkiy dunyoning boshqa ixtisoslashgan institutlari doirasidagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonning faoliyati turkiy tilli xalqlarning madaniy merosini saqlash va ommalashtirishga qaratilgan TURKSOY xalqaro tashkilotidagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston parlamenti aʼzolarining TURKPA doirasidagi samarali faoliyati alohida taʼkidlandi. Oliy Majlis palatalari delegatsiyalari Assambleyaning yalpi majlislari, sohaga oid komissiyalar yigʻilishlari va forumlarida muntazam ishtirok etadi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Turkiy davlatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, TurkPA doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring