Senatda “Konstitutsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Konstitutsiya oyligi” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir 8-dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida aholining konstitutsiyaviy madaniyatini oshirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, magistrantlari hamda talabalari ishtirok etib, Senat faoliyati, qonunchilik jarayonlari va konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldi.
Uchrashuv davomida Qonun ustuvorligini taʼminlash hamda inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning dolzarb masalalari boʻyicha ochiq muloqot va fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari parlamentning yuqori palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring