Senatda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Mintaqaviy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakili Matilda Bogner bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida soʻzlagan nutqida ilgari surilgan inson huquqlariga oid tashabbus va takliflar alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, Senat va BMT tuzilmalari oʻrtasidagi institutsional hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar keng jamoatchilik va xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilayotgan Inson huquqlari boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan milliy strategiya loyihasini, shuningdek, xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga qaratilgan parlament nazoratining yangi shakllarini muhokama qildilar.
Matilda Bogner Oʻzbekistonning majburiy mehnatiga barham berish, sud-huquq tizimini isloh qilish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati oʻrtasida ochiqlik va muloqotni kuchaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini oʻqitish, parlamentning xalqaro hisobotlarda ishtirok etishi, inson huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyatini faol jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring