Senatda bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi
Foto: Akmal Muhammadiyev/“Xalq soʻzi”
Bugun, 28-avgust kuni Oliy Majlis Senatida bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan turli sohalarda samarali mehnati, mamlakat taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini va tegishli hujjatlarni topshirdi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar taʼkidlanganidek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik jarayonlari natijasida xalqimiz farovonligi, yurt ravnaqi tobora yuksalib bormoqda. Bugungi kunda barcha sohalardagi yutuqlar xalqimizning farovon hayotida oʻz ifodasini topmoqda.
Mukofotlangan yurtdoshlarimiz davlatimiz rahbarining yuksak eʼtibori va ishonchi uchun chuqur minnatdorligini, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida yanada faollik bilan mehnat qilishga tayyor ekanligini ham bildirishdi
Akmal Muhammadiyev, Otabek Saidaxmadov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring