Senat Raisi Londonda vatandoshlarimiz bilan uchrashdi
Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan, yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
Ochiq va jonli tarzda oʻtgan muloqotda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida mamlakatni rivojlantirish maqsadida belgilangan vazifalar, ayni paytda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning maqsadlari haqida fikr yuritildi.
Suhbat chogʻida ishtirokchilar oʻzlarining erishgan yutuqlari va rejalari, jumladan, YETTBning mamlakatimizga oid dasturi faoliyatini kengaytirish hamda Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan boshqa loyihalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Doʻstona va samimiy kechgan uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar va tadbirlar haqidagi yangiliklar muhokama qilindi.
Shuningdek, vatandoshlar Buyuk Britaniyada ikkinchi marta oʻtkazilishi rejalashtirilgan milliy Navroʻz festivali haqida ham soʻz yuritdilar. Oʻtgan yili festival 25 000 dan ortiq ishtirokchini qamrab olgan. Oʻzbek madaniyati va anʼanalariga bagʻishlangan bu yilgi ikkinchi festival ham barchani yana bir bor oʻz atrofida birlashtirishi aytib oʻtildi.
Uchrashuv jarayonida mamlakatimiz hayotining turli sohalari boʻyicha fikr almashildi hamda taraqqiyotga turtki boʻladigan takliflar bildirildi. Vatandoshlarimiz yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring