Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi
2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi “Navroʻz” mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminlash, infratuzilmani yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan tashabbuslarni baholashdi. Mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migratsiyasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga oid ijtimoiy masalalar dolzarb boʻlib qolmoqda.
Tashrif doirasida mahallada “Ayollar daftari” va probatsiya roʻyxatida turgan yoshlar bilan bogʻliq muammolar, shuningdek taʼmirtalab uylarda yashovchi fuqarolar holati ham muhokama etildi. Ishchi guruh soʻngra Navoiy shahridagi “Ishonch” turar joy majmuasiga tashrif buyurib, u yerdagi infratuzilma va qurilish ishlari bilan tanishdi. Ushbu binolarda zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratilgan, yertoʻlalar foydali maqsadlarda moslashtirilgan.
Shu kuni ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahrida tashkil etilgan velosport marafonida ham ishtirok etdi. Marafon sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportni yoshlar orasida ommalashtirish va sportchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadini koʻzladi. Tadbir chogʻida ishtirokchilarga 20 ta zamonaviy velosiped topshirildi. Mahalliy sportchilarning oʻtgan yilgi muvaffaqiyatlari — 15 ta medal — alohida qayd etildi.
Tashrif yakunida ishchi guruh viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni tahlil qildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga doir samarali choralar koʻrish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring