Semizlikning yashirin sababi topildi

18:39 25 Aprel 2025 Ilm-fan
268 0

Illyustrativ foto

Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti olimlari muntazam ravishda vazn ortishiga kundalik hayot tartibidagi vaqtinchalik uzilishlar sabab boʻlishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari “International Journal of Obesity” jurnalida chop etilgan.

Olimlar odatiy rejimning qisqa muddatli buzilishlari — ham ovqatlanish, ham harakatlanishga oid inson tanasining vazniga taʼsirini modellashtirishdi.

Shunday oʻzgarishlar nafaqat kasallik, jarohat yoki stress kabi salbiy hodisalar, balki ijobiy — bayramlar, taʼtillar yoki koʻchib oʻtish tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Aynan shu davrlarda, mualliflarning fikricha, yogʻ massasining asosiy ortishi sodir boʻladi.

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, bunday nazariya nima uchun semizlik bilan kasallangan odamlar soni sogʻlom turmush tarzi keng tarqalganiga qaramay, oʻsishda davom etayotganini tushuntiradi. Vazn asta-sekin emas, balki “sakrash”lar bilan turmush tarzining vaqtinchalik beqarorligi lahzalarida ortadi. Bu maʼlum biokimyoviy mexanizmlarga mos keladi: stress kortizol va insulin ajralishini qoʻzgʻatadi, qondagi qand miqdorini pasaytiradi va kaloriyali ovqatga boʻlgan ishtiyoqni kuchaytiradi.

Mualliflarning taʼkidlashicha, agar bunday qisqa, ammo keskin davrlar haqiqatan ham asosiy rol oʻynasa, semizlik profilaktikasi osonroq kechishi mumkin. Aynan qaltis kezlarda xatti-harakatlar barqarorligini saqlashni oʻrganishning oʻzi yetarli boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер