Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

17:35 29 Avgust 2023 Jamiyat
351 0

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Soliq organlari:
— alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
— savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?