Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
Saudiya Arabistoni Podshohligining Oʻzbekistondagi elchisi Yusuf Al-Utaybiy diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
TIV rahbarining yozishicha, u bugun, 25-dekabr kuni elchi Yusuf Al-Utaybiy bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuvda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilingan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi fidokorona faoliyati uchun samimiy minnatdorlik bildirilib, kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.
Maʼlumot uchun, Yusuf Al-Utaybiy 2021-yil noyabr oyidan beri respublikadagi Saudiya Arabistonining diplomatik missiyasini boshqarib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring