Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Samarqandni ziyorat qildi
Yurtimizda mehmon boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand temir yoʻl vokzalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi. Shu yerda kechgan suhbat chogʻida Saudiya Arabistoni shaharlari va Samarqand oʻrtasida ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada birgalikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Ularga ushbu muqaddas maskanda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Majmua ochilgach, bu yerda ziyoratchilar uchun xalqaro talablarga mos qulaylik va imkoniyatlar yaratilishi taʼkidlandi.
Saudiyalik mehmonlar Samarqanddagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar va yangi obyektlar bilan ham tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring