Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarni yaratish laboratoriyasi tashkil etiladi
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Vazirlikning Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yigʻilishida 2023-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar va 2023-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha va Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligi doirasida 2023-2025-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qoʻshma amaliy loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Kengash aʼzolari tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarda foydalaniladigan silitsid metall va yarimoʻtkazgich birikmalar asosidagi nanooʻlchamli plyonkalarni olish texnologiyasini yaratish, Janubiy Orolboʻyi hududida yashovchi oʻsmir qizlarning reproduktiv salomatligiga baho berish va optimal reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish, saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish laboratoriyasini tashkil etish, Koʻzi ojizlar uchun “Spelling audio distionary” audio qoʻllanmasini yaratish, xalqaro matbuot erkinligi reytinglarida Oʻzbekiston mavqeyini koʻtarishning milliy konsepsiyasini yaratish kabi loyihalarini moliyalashtirish qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring