Saodatga Tojikistondan tugʻilganligi haqida guvohnoma keldi
Foto: «Халқ сўзи»
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan aholi murojaatlarini tezkorlik bilan hal etilishida tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi va boshqa turdagi muhrli guvohnomalarni elektron ravishda toʻldirilib, barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari “FHDY Yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritib borilayotgani ayni muddao boʻlmoqda. Masalan, yaqinda Chortoq tumanida ushbu imkoniyat sabab bir fuqaroning mushkuli oson, uzogʻi yaqin boʻldi.
Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyati Asht rayoni Qirqquduq tumanida tugʻilgan Saodat Rahmonova taqdir taqozosi bilan yoshligida oilasidagilar bilan birga Namangan viloyati, Chortoq tumaniga koʻchib kelib shu yerdagi maktabda oʻqiydi. Ota-onasining eʼtiborsizligi sabab bolalik chogʻida tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi yoʻqolib qolgan. Bu, voyaga yetganidan soʻng shaxsni tasdiqlash bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishda jiddiy muammo keltirib chiqardi. Saodat ancha yillardan buyon fuqarolik pasportini olishga qiynalib keladi, chunki, hozirda uning Tojikistonda hech qanday qarindoshlari qolmagan, ustiga ustak qoʻshni respublikaga borib kelishga imkoniyat va sharoiti yoʻq. Shundan kelib chiqib, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olib berishda amaliy yordam soʻrab Chortoq tuman FHDY boʻlimiga murojaat qildi.
Amaldagi tartibga koʻra, S. Rahmonovaning murojaati boʻyicha ariza rasmiylashtirilib, 1992-yil 23-yanvarda MDH davlatlari oʻrtasida Minsk shahrida tuzilgan “ Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida»gi Konvensiyaga asosan Adliya vazirligi orqali Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
— Koʻp oʻtmay muammo yechimini topdi, — deydi Chortoq tuman FHDY boʻlimi mudirasi Shoira Abdullayeva. — S. Rahmonovaga Tojikiston Respublikasining tegishli FHDY organidan tugʻilganligi haqidagi takroriy guvohnoma rasmiylashtirildi va uni fuqaroga tantanali ravishda topshirdik. Bu borada aholiga eksterritorial tamoyil asosida xizmat koʻrsatish boʻyicha yaratilgan imkoniyat katta naf berganini taʼkidlash oʻrinlidir.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring