Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etiladi

10:56 09 Fevral 2026 Hujjatlar
287 0

“Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Mazkur farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etilishi belgilangan:

  • Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Agentlik);
  • Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Agentlikka oʻtkaziladi.

2026-yil 1-iyuldan:

  • Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va eʼlon qilib boradi;
  • oʻzlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan mahsulotlarni oʻzlashtirgan tadbirkorlar bilan oʻrnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi;
  • Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qoʻshilgan qiymat ulushi qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlarga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?