“Birinchi marta eshityapman”. Zelenskiy saylov va referendum haqidagi xabarlarga izoh berdi
Vladimir Zelenskiy Ukrainada 24-fevral kuni prezidentlik saylovi va referendum eʼlon qilinishi haqidagi maʼlumotlarni rad etdi. Bu haqda u “Suspilne” nashriga bergan izohida maʼlum qildi.
Ukraina rahbari mazkur xabarni sharhlar ekan, bu kabi maʼlumotni ilk bor Financial Times nashridan eshitganini aytdi.
“Buni birinchi marta, ehtimol, Financial Timesʼdan eshitdim. Hozir esa ikkinchi marta sizdan eshityapman. Men saylovlar haqida koʻp bor aytganman — biz barcha tegishli xavfsizlik kafolatlari taʼminlangan taqdirdagina saylovlarga oʻtamiz”, — dedi Zelenskiy.
Uning taʼkidlashicha, saylov mavzusini Ukraina emas, balki mamlakat ittifoqchilari koʻtarmoqda. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina ovoz berishga tayyor, ammo asosiy toʻsiq — xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat.
“Bu juda oddiy: otishma toʻxtatilsin — saylovlar oʻtkaziladi. Bizning delegatsiya mening pozitsiyamni biladi, u aniq va ravshan. Ular buni yetkazishgan. Amerika hamkorlari taklif etadigan har qanday grafik bilan ishlashga tayyormiz. Ammo agar referendum masalasi koʻtarilayotgan boʻlsa, men avval ham aytganman — buning uchun otishmani toʻxtatish boʻyicha aniq tushuncha boʻlishi kerak. Chunki referendum ham tuzilishi jihatidan saylov kabi jarayondir”, — dedi u 15-may sanasi muhokama qilingani nomaʼlum mavzu haqidagi savolga javob berar ekan.
Shuningdek, Zelenskiy Vashington Kiyevga xavfsizlik kafolatlaridan voz kechish bilan tahdid qilayotgani haqidagi gap-soʻzlarni ham rad etdi. Uning aytishicha, AQSH xavfsizlik kafolatlarini saylov masalasi bilan bogʻlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring