Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi
Sankt-Peterburg shahrida 2025-yil oxiriga qadar migrantlarga kuryer sifatida ishlash taqiqlandi. Bu haqda RBK nashri shahar gubernatori Aleksandr Beglovning qaroriga tayanib xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur chora “soyadagi” mehnat faoliyatiga qarshi kurashish, kuryerlik xizmatlari sifatini va xavfsizligini oshirish hamda rossiyalik fuqarolar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida joriy etilgan.
Rasmiylar fikricha, bu qaror yetkazib berish xizmati bozoriga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydi, chunki statistikaga koʻra, ushbu sohada ishlayotgan xorijliklar soni katta emas.
Ish beruvchilarga kadrlar siyosatida tegishli oʻzgarishlar kiritish uchun uch oylik oʻtish davri berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring