Sanepidqoʻmita “Maymun chechagi” kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli haqida munosabat bildirdi

11:40 22 Avgust 2024 Jamiyat
114 0

Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi Respublikamiz aholisining aksariyat qismida maymun chechakka qarshi jamoaviy immunitet mavjudligini bildirdi va uning mamlakatimizga kirib kelish ehtimolini juda past baholadi. Bu haqda Sanepidqoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, “Maymun chechagi” virusli infeksiya boʻlib, organizmning umumiy zaharlanishi hamda terida oʻziga xos toshmalar toshishi bilan kechadi. Bu kasallik qayd qilinayotgan Yevropa mamlakatlarida bemorlar va muloqotda boʻlganlarga nisbatan yakkalash choralari olib borilmoqda, epidemiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar esa toʻliq samara bermoqda.

“«Maymun chechagi” kasalligi respublikamiz hududiga kirib kelishi ehtimoli juda kam. Negaki, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 1980-yildan avval tugʻilgan katta yoshdagilar chechak (xalq tilida chin chechak) kasalligiga qarshi toʻliq emlangan. Aynan shu qatlamda jamoaviy immunitet mavjud, boisi chin chechakka qarshi emlashdan keyin hosil boʻlgan immunitet maymun chechagiga qarshi ham ishlaydi va kasallikning keng tarqalish xavfini pasaytiradi», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, JSST Yevropa ittifoqi maʼlumotlariga koʻra maymun chechagi epidemiyasi KOVID-19 pandemiyasi darajasida global muammo tugʻdirmasligini bildirgan. Tashkilot Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge dunyoning qator mamlakatlarida Mpox (maymun chechagi) virusi tarqalishi bilan bogʻliq epidemik vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan, vahimaga berilishga hojat yoʻq ekanligini taʼkidlagan.

Shunga qaramasdan. kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator choralarni ham koʻrib qoʻyilishi lozim, deb hisobladi qoʻmita. Birinchidan, “maymun chechagi kasalligi” boʻyicha epidemiologik holat noxush davlatlarga safarlarni cheklash; ikkinchidan, ish yuzasidan xizmat safariga borilgan taqdirda, yovvoyi hayvonlar va kemiruvchilar (maymunlar, kalamushlar) bilan muloqotda boʻlmaslik; uchinchidan, jamoat joylariga chiqishda shaxsiy gigiyenaga qatʼiy rioya qilish talab qilinadi.

Bundan tashqari, tana harorati koʻtarilgan yoki toshmalar toshgan yoʻlovchilar bilan birga harakatlanishga toʻgʻri kelganda imkon qadar sanitariya-muhofaza (ijtimoiy) masofani saqlash, tibbiy niqoblardan foydalanish, qoʻllarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish kerak. Shuningdek, jamoat transportlarida tibbiy niqoblardan foydalanish, transportdan tushgandan soʻng qoʻllarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan tozalash tavsiya etiladi.

Avvalroq, “Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер