«Samosud» huquqni muhofaza qilish organlariga ishonchsizlikdan emas, qonunlarni bilmaslik, mensimaslikdan kelib chiqmoqda - BP vakili

14:41 15 Yanvar 2021 Jamiyat
973 0

Ayni vaqtda AOKAda «Samosud»ning huquqiy oqibatlari, uni oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar» mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Unda «Samosud» paydo boʻlishining asosiy sababi nima? Nega odamlar biror holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilmasdan oʻzi jazolashga qaror qiladi? - degan savolga Bosh prokuratura masʼul xodimi Shokir Nazarov javob berdi.

«Samosud» shaxslarning huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan ishonchsizligi emas, qonunlarni bilmasligi yoki bila turib mensimasligidan kelib chiqmoqda.

Tergov jarayonlarida shu narsaga guvoh boʻldikki, odamlar jahl ustida yoki oʻz xatti-harakatlari qonuniy javobgarlikni keltirib chiqarishini bilmagan holda samosudga yoʻl qoʻyadi. Holbuki jinoyat kodeksida har bir jinoyat uchun jazo muqarrar ekanini belgilangan.

«Samosud» natijasida kishi — kimnidir jazolash uchun ayblanuvchiga aylanib qolishi mumkin. Agar ular bu orqali kimgadir tan jarohati yetkazsa, Jinoyat kodeksining 104-, 105-, 109-moddalari boʻyicha chora koʻrilishiga olib keladi», deydi Shokir Nazarov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda «samosud» uchun qanday jazolar borligi haqida maʼlumot bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер