SamDU rektori Turk dunyosining madaniy va taʼlimiy taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlandi

Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov Turkiya Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Turk Davlatlari Tashkilotining madaniyat, sanʼat, taʼlim masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti —TurkSOYning Istanbuldagi qarorgohida boʻldi.
Bu yerda tashkil etilgan marosimda SamDU rektori Rustam Xolmurodov hamda Filologiya fakulteti dekani, turkolog-olim Joʻliboy Eltazarovga ushbu obroʻli xalqaro tashkilot tarafidan taʼsis etilgan Turk dunyosining madaniy va taʼlimiy taraqqiyoti borasidagi buyuk xizmatlari uchun beriluvchi oltin medal topshirildi.
TurkSOY Bosh Kotibi oʻrinbosari Yerjan Vais professor Rustam Xolmurodov Turk dunyosi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdagi fidokorona xizmatlari, professor Joʻliboy Eltazarov Turkologiyaga oid tadqiqotlarda erishgan alohida yutuqlari uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq koʻrilganini taʼkidladi hamda olimlarning koʻksiga Turk Dunyosining ushbu eʼtirof va minnatdorchilik ramzi boʻlgan nishonini taqib qoʻydi.
Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan Rustam Xolmurodov va Joʻliboy Eltazarov turkiy xalqlar oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada yuqori saviyaga koʻtarish uchun xizmat qilishdagi kamtarona xizmatlarini yuqori baholagan TurkSOY Boshqaruviga minnatdorlik bildirdilar.
Marosim soʻngida Turk dunyosidagi OTMlar oʻrtasida taʼlim va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashuvlari boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring