Samarqandga kirish vaqtincha cheklanadi
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqandga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, tadbir joriy yilning 30-oktyabridan 14-noyabrigacha boʻlib oʻtadi, shu munosabat bilan shaharda transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, vazirlik shaharga faqat ayrim kirish yoʻllari yopilishini, tez yordam mashinalari, FVV maxsus texnikalari va tezkor xizmatlar uchun istisno tariqasida kirish ochiq boʻlishini taʼkidlagan.
Maʼlumotga koʻra, mazkur davr mobaynida shaharga faqat maxsus ruxsatnoma bilan kirish mumkin boʻladi. Tranzit yoʻnalishlarda harakatlanuvchi transport vositalari uchun aylanma yoʻllar tashkil etilgan.
Haydovchilarga maxsus QR-kodli flayerlar tarqatiladi — ular orqali aylanma yoʻllar xaritasini koʻrish mumkin boʻladi.
Idora fuqarolarni sayohatlarni rejalashtirishda oʻzgarishlarni hisobga olishga va vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan munosabatda boʻlishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring