Samarqandga 300 dan ortiq elektrobus olib kelinadi
Samarqand viloyati transport boshqarmasi va “Samarqandyoʻlovchitrans” davlat muassasasi rahbarlari Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari chogʻida Chenjou shahri sanoat hududidagi “Yutong” zavodida avtobus va elektrobuslarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

“Yutong” kompaniyasi masʼullari bilan oʻtkazilgan muloqotda Samarqand shahridagi yoʻnalishlarda aholiga xizmat koʻrsatayotgan elektrobuslarda aniqlangan ayrim texnik muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, ushbu transport vositalaridan samarali foydalanish va ularga servis xizmatlari koʻrsatish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Samarqandga dastlabki bosqichda 80 dona, keyinchalik esa 250 dona elektrobus xarid qilish yuzasidan fikr almashildi.


“Samarqandyoʻlovchitrans” davlat muassasasi direktori Otabek Abdullayevning qayd etishicha, ayni paytda Samarqand shahar jamoat transportida YETTBning “Yashil shahar” loyihasi asosida xarid qilingan 100 dona “Yutong” elektrobuslaridan foydalanilmoqda.


Muloqot davomida “Yutong” zavodi rahbariyati hamkorlikka doimo tayyorligi, Samarqand shahri uchun hudud sharoitidan kelib chiqib elektrobuslar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda ham texnik koʻmak koʻrsatilishi maʼlum qilindi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring