Samarqanddagi “Yangi nafas” yugurish marafonida 80 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan sportsevarlar ham ishtirok etdi

12:25 26 Iyun 2022 Jamiyat
718 0

Foto: Xalq so‘zi

Bugun “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida oʻtgan “Yangi nafas” yugurish marafonida samarqandliklar ham faol ishtirok etdi.

Samarqand shahrining Registon koʻchasi, Universiteti xiyoboni va Alisher Navoiy koʻchalari boʻylab 3 kilometr masofaga yugyrish boʻyicha oʻtkazilgan mazkur musobaqada oʻgʻil bolalar oʻrtasida oqdaryolik Namoz Bobomurodov, qizlar oʻrtasida pastdargʻomlik Kamola Ablayeva, Farangiz Alimova hamda Elnoza Mahmaraimovalar, jomboylik Marjona Rahimova, Samarqand shahridan Madina Sagatova, Mashhura Shamshiyeva birinchi oltilikdan oʻrin oldi.

Shuningdek, marafonda 80 nafardan ziyod imkoniyati cheklangan sportsevarlar ishtirok etdi. Samarqand shahridan Umida Mahmudova, Pastdargʻomlik Qudrat Toshboyev aravachada marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida taʼkidlanganidek, mazkur musobaqa aholi orasida sogʻlom turmush tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish va jipslashtirishga, shuningdek, yildan-yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Marafon gʻoliblari va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?