Samarqanddagi besh ming qadam yurish marafonida 86 yoshli otaxon ham qatnashdi

Foto: Халқ сўзи
Samarqand shahrida Universitet xiyoboni va Alisher Navoiy koʻchasi boʻylab 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni oldidan “Mening armiyam – mening faxrim!” shiori ostida besh ming qadam yurish marafoni oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi Nodir Jonuzoq, Oliy Majlis Senati aʼzosi Farmon Toshev barchani yaqinlashayotgan bayram bilan qutladilar.
Marafonda 500 nafarga yaqin ishtirokchi belgilangan masofani bosib oʻtib, ochiq maydonda badantarbiya qildi. Eʼtiborlisi, marafonda 86 yoshli otaxon ham qatnashdi.
— Bunday tadbirlarni koʻproq tashkil qilib turish kerak, — deydi Faxriddin bobo Hamidov. — Keksayganda kuchdan qolib, xasta boʻlmaslik uchun har kuni badantarbiya mashqlarini bajarish lozim. Men shunga amal qilib, kam boʻlmayapman.
Bu kabi tadbirlar viloyat boʻylab davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring