Samarqandda jamoasi futbolda yutqizgan fuqaro mashinani odamlar ustiga haydadi

Videodan kadr
Samarqand viloyati Nurobod tumanida haydovchi jamoasi yutqizgani uchun mashinani odamlar ustiga haydadi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi berdi, biroq koʻp oʻtmay maʼlumotlar boshqarma Telegram kanalidan oʻchirib yuborildi.
Maʼlum boʻlishicha, Nurobod tumanidagi umumtaʼlim maktabining futbol maydonchasida “Nexia” haydovchisi oʻzi va oʻzgalar hayotiga xavf tugʻdirib, turli qoidabuzarliklar sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida haydovchi va avtomashina topilgan.
Haydovchiga nisbatan qonuniy tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
“Futbolda jamoamiz yutqazib qoʻygani uchun jahl ustida shu ishni qilgandim. Bu ishdan pushaymonman”, degan haydovchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring