Samarqandda “Yashil shahar” harakat rejasini ishlab chiqishga qaratilgan trening o‘tkazildi

15:38 06 Noyabr 2023 Jamiyat
110 0

Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan hamkorlikda “Yashil shahar” master-rejasini ishlab chiqish maqsadida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotda Ekologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, Nukus shahar hokimi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi hokimliklarga “Yashil shahar” harakat rejasini ishlab chiqishga koʻmaklashishdir.

Trening davomida “Shaharning ekologik vaziyatini baholash va zarur yechimlarni ishlab chiqishda mavjud muammolar va imkoniyatlarni aniqlash boʻyicha yondashuv”, “Shaharlarning, atrof-muhitning asosiy holati toʻgʻrisidagi bilimlarni maʼlumotlar bazasidan foydalanish orqali maʼlumotlar va solishtiruvchi tahlil natijalarini toʻplash orqali kengaytirish”, “Rivojlanayotgan milliy siyosat va qonunchilik kontekstini koʻrib chiqish mahalliy hokimiyat organlari darajasida ekologik yaxshilanishlarni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin” kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, “Erishiladigan va tegishli harakatlarni ishlab chiqishda indikatorlar toʻplami va boshqa maʼlumotlar bilan qanday ishlash kerak?”, “Ekologik yechimlar, yashash muhitini tiklash, intellektual texnologiyalardan foydalanish va boshqa kabi ekologik harakatlarning yangi usullarini oʻqitish”, “Tegishli resurslarni toʻgʻri taqsimlash, mahalliy hokimiyatning turli boʻlinmalari oʻrtasida hamkorlik qilish va barcha jarayon davomida tashqi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish, harakatlar uchun keng asos yaratish va samarali amalga oshirish imkoniyatini oshirish” kabi mavzular borasida ham fikr almashildi.

Trening yakunida ishtirokchilar tomonidan daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?