Samarqandda yangi tibbiyot maskanlari foydalanishga topshirildi

11:32 09 Avgust 2024 Jamiyat
108 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yangi va zamonaviy maʼmuriy binoga ega boʻldi.

Mazkur bino qurilishiga 1 milliard 200 million soʻm mablagʻlar sarflanib, qurilish ishlari “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan olib borildi.

Yangi bino toʻliq jihozlanib, 28 nafar xodimlar doimiy faoliyat olib borishi, aholiga malakali xizmat koʻrsatishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Ochilish marosimida tuman hokimligi, viloyat sogʻliqni saqlash tizimi masʼullari, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi binoning imkoniyati bilan tanishdi.

Nakurt mahallasi esa Payariq tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikaning Nakurt filialida mazkur mahallada yashovchi 2500 nafar aholiga 1 nafar oilaviy shifokor va 6 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat koʻrsatadi. Ularning xizmat koʻrsatish radiusi 10 kilometrni tashkil qiladi.

Soha xodimlari shu paytgacha 1987-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan binoda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelayotgan edi.

Oilaviy shifokorlik punkti binosi “SXF construction group” MCHJ tomonidan homiylik hisobidan yangidan qurib berildi. 50 qatnovga moʻljallangan yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

Endilikda mazkur chekka hududda joylashgan tibbiyot maskanida shifokorlar va aholi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?