Samarqandda yangi obyektlar foydalanishga topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyat hamda mahalliy hokimliklar tomonidan chekka hududlarda ham yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport infratuzilmasini yanada mustahkamlash ishlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, Qoʻshrabot tumanining Shavona mahallasidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida “Street Workout” sport maydonchasi qurilib bitkazildi.

Shuningdek, tumanning Boytoʻp mahallasida universal sport maydoni ham qad rostladi.
Shuningdek, Ishtixon tumanida ham sport maktabining universal sport zali bunyod etildi. Loyiha qiymati 5 milliard soʻm boʻlgan mazkur binoda mini-futbol, gandbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bilan shugʻullanish mumkin.

— Ishtixonlik yoshlar Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritmoqda, — deydi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. — Oʻzbekiston ayollari oʻrtasida birinchi jahon chempioni Nigina Oʻktamova yaqinda Parij-2024 olimpiadasida ishtirok etdi. Bu majmuada shugʻullanadigan ishtixonlik yoshlar yuqori natijalarni qoʻlga kiritishiga ishonamiz.
Bundan tashqari, Ishtixon tuman mudofaa ishlari boʻlimining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 800 million soʻm boʻlib binoning yonginasida bolalar poliklinikasi tashkil etilmoqda. Bu harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi uchun qulaylik yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring