Samarqandda Shveysariya bilan hamkorlikda yangi loyihaga start berildi

13:55 16 Noyabr 2022 Jamiyat
456 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqandda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishini hisobga olgan holda boshqarish” loyihasiga start berildi.

Mazkur loyiha transchegaraviy hamkorlikni yanada samarali rivojlantirishda katta rol oʻynaydi. Zarafshon daryosi havzasidagi davlatlar va xususiy manfaatdor tomonlarga suv resurslarini samarali va iqlimga chidamli tarzda boshqarishda ishonchli maʼlumotlarga tayanib, suv resurslaridan teng huquqda foydalanishlariga zamin yaratadi. Masʼullar tomonidan sektorlararo kesimda suv siyosatini isloh qilish, yanada samaraliroq mintaqaviy nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda dalillarga asoslangan baza koʻrinishidagi maʼlumotlarga ega boʻlishadi.

Mazkur loyiha asosida Shveysariyaning “CARITAS” va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan Samarqand shahrida seminar tashkil qilindi. Tadbir hamkorlar tomonidan loyiha ishlanmasi va uning tahlili, bugungi kunda joylarda oʻtkazilgan baholash natijalari boʻyicha yangilangan maʼlumotlar hamda shveysariyalik mehmonlarning koʻrgazmali taqdimotlari bilan yanada qizgʻin oʻtdi. Ishtirokchilar muhim masalalardan biri – yer osti suvlaridan foydalanish, global iqlim oʻzgarishining suv resurslariga taʼsiri, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratishdi.

Seminar davomida Tojikiston hamda Shveysariyadan tashrif buyurgan hamkorlarga Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi, Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023-yillarga moʻljallangan startegiyasi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tomonlar loyiha doirasida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni kelishib oldilar.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер