Samarqandda Salomatlik marafoni boshlandi
Samarqandda aholi salomatligini saqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan Salomatlik marafoni boshlandi. Marafon Nukusdan boshlanib, endilikda qadimiy va navqiron Samarqandda yashovchi barcha yurtdoshlarimizni qamrab olishga qaratilgan.
Mazkur loyiha doirasida 17-noyabrdan 17-dekabrgacha viloyatdagi oilaviy poliklinikalarda aholi viloyat va respublika darajasidagi yetakchi shifokorlar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Tadbirda soʻz olganlar, keng qamrovli tibbiy koʻriklar aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash va tibbiy madaniyatni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar. Mutaxassislar bunday loyihalar jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish va fuqarolarda oʻz salomatligiga masʼuliyat bilan yondashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini qayd etishdi.
Tekshiruvlar natijalari DMED yagona elektron axborot tizimiga kiritilib, kelgusida fuqarolar salomatligi doimiy monitoring asosida yuritiladi. Bu kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, ularning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, marafon davomida nafaqat tibbiy koʻriklar, balki sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik va kasalliklarni oldini olish boʻyicha maslahatlar ham bepul taqdim etiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring