Samarqandda Oʻzbekiston—Turkiya oliy taʼlim muassasalari forumi tashkil etiladi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston va Turkiya Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtadi.
Forumda Turkiya tomonidan Oliy taʼlim kengashi rahbariyati va ushbu mamlakatning 40 dan ziyod yetakchi universitetlari rektorlari, Oʻzbekiston tomonidan esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi rahbariyati hamda 40 dan ziyod nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Anjumanda muhandislik-texnika taʼlim yoʻnalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish boʻyicha ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston—Turkiya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari boʻyicha, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring