Samarqandda Oʻzbek tili bayrami keng nishonlanmoqda

13:50 21 Oktyabr 2024 Jamiyat
141 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligi munosabati bilan Samarqandda dastlab Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat va shahar hokimligi masʼullari, yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari va talabalar, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari, harbiylar, milliy madaniy markazlar, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov marosim qatnashchilarini Oʻzbek tili bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda viloyat faollari, olimlar soʻzga chiqib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining ahamiyati haqida gapirishdi. Talabalar sheʼrlar oʻqidi. Dil izhorlaridan keyin buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyildi.

Bayram tadbirlari barcha tashkilotlar, taʼlim muassasalarida davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?