Samarqandda oʻtgan «Xavfsiz hayot uchun» shiori ostidagi marafonda 4 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi
Foto: Xalq so‘zi
Xabaringiz bor, kuni kecha yurtimiz boʻylab Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan «Xavfsiz hayot uchun» shiori ostida velo va piyoda yurish marafoni yuqori saviyaga oʻtkazildi.
Samarqand shahridagi «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro turizm markazida boʻlib oʻtgan marafonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan birga barcha huquqni muhofaza qilish organlari, sportchilar, nuroniylar va koʻngilli yoshlardan iborat 4 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoʻllarda xavfsizlikni, jumladan, bolalar oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan marafon bir oy davom etadi. Tadbir doirasida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida qator tadbirlar uyushtiriladi.
Velo va piyoda yurish marafonida faol ishtirok etganlarga Samarqand viloyat hokimligi va ichki ishlar boshqarmasi tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring