Samarqandda noyob ikki bosqichli operatsiya bir vaqtda oʻtkazildi
Tibbiyot sohasida rivojlanishlar natijasida yurtimizda murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham samarali oʻtkazish mumkin boʻlmoqda. Yaqinda Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari jajji bemorda bir vaqtning oʻzida ikki murakkab operatsiya — koʻkrak qafasi deformatsiyasi va yurakdagi tugʻma nuqsonni bartaraf etish amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.
Bemorda koʻkrak qafasi deformatsiyasining ogʻir shakli kuzatilib, u yurakni 5 santimetrdan ziyod bosib turgan. Yurakdagi tugʻma nuqson sabab birgalikdagi operatsiya juda xavfli sanalgan, biroq amaliyotsiz ham bolaning ahvoli ogʻirlashardi.
Besh soat davom etgan jarrohlikda kardiojarrohlar va torakal xirurglar Oʻzbekiston tibbiyotida ilk bor ikki operatsiyani birlashtirgan holda samarali amalga oshirishdi. Mutaxassislar bu amaliyot bolalar kardiojarrohligida yangi bosqich ekanini taʼkidlashdi.
Onani yillar davom etgan xavotirdan ozod etgan ushbu muvaffaqiyatli operatsiya natijasida jajji bemorning ahvoli barqarorlashdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring