Samarqandda noqonuniy daraxt kesish holati aniqlandi
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga nisbatan moratoriy joriy etilgan boʻlib, daraxtlarni tegishli ruxsatnomalarsiz kesish qatʼiyan taqiqlangan. Shunga qaramasdan, ayrim hududlarda bunday qoidabuzarlik holatlari hanuz uchrab turibdi.
Samarqand viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Pastdargʻom tumani “Parchaqora” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dalasining chetki qismida bir necha yil oldin ekilgan 10 tup tol daraxti “Mangʻitobod” MFYda yashovchi fuqaro I.N. tomonidan hech qanday tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy tarzda kesib tashlangani aniqlandi. Natijada daraxtlarga oʻsishdan toʻxtamas darajada jiddiy shikast yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 million 300 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 12 million 360 ming soʻm hisoblandi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring