Samarqandda MDH mamlakatlari I turistik yarmarkasi boʻlib oʻtadi
Mazkur yarmarka Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan birinchi marta shu yilning 9-10-iyul kunlari tashkil etilmoqda. Keyinchalik muntazam ravishda oʻtkazilishi moʻljallangan.
Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan mazkur nufuzli tadbirga tayyorgarlik ishlarining borishiga bagʻishlab matbuot anjumani tashkil etildi.
Tashkilotchilarning aytishicha, yarmarka MDHga aʼzo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdoʻstlikdagi turizm sektorining muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdulaziz Akkulovning ishonch bildirishicha, ikki kunlik yarmarka amaliy natijalarga boy boʻladi. Uning doirasida oʻtkaziladigan “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarga ilmiy doira vakillari ham jalb etilib, turizmdagi kamchiliklar, mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Muammolar oʻrganiladi.
Yarmarka doirasida yurtimiz va xorijlik sayyohlik tashkilotlari, tur kompaniyalari oʻrtasida shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Said RAHMONOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring