Samarqandda “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi

14:01 03 Oktyabr 2024 Jamiyat
326 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Samarqanddagi Buyuk ipak yo‘li xalqaro turizm majmuasida O‘zbekiston Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” g‘oyasi asosida “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimi avvalida mahalla tizimini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tayyorlangan milliy mahalla tizimi faoliyatini aks ettiruvchi maxsus hujjatli film namoyish etildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va yi-ilganlarga mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshiralayotgan ishlar hamda “Mahalla yettiligi”ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xabaringiz bor, yil avvalida davlatimiz rahbarining tegishli qaror va farmonlari asosida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etildi.  O‘tgan davr mobaynida Uyushma tomonidan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish, ayni yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, dunyoning nufuzli tuzilmalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga deligatsiyalarimizning tashriflari amalga oshirildi.

Ko‘hna kentda o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro konferensiya amalga oshirilayotgan ana shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad - mahalla instituti va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini xorijda keng targ‘ib etish, bu borada chet davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishdan iborat.

Mazkur xalqaro tadbir dunyoning ko‘plab nufuzli tuzilmalari hamda 70 dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformaga birlashtirdi.

Xalqaro anjumanda jumladan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi,  Unicef, UNDP, UNODC, UNFPA, USAID kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi elchilari, o‘zbekistonlik soha mutaxassislari, olimlar, mahalla faollari ishtirok etmoqda.

“Mahalla yettiligi” Prezident tomonidan ilgari surilgan va bugun o‘zini oqlagan tizim. Demak, bu tajribani o‘rganishga to‘liq asos bor. Konferensiyada dunyoning nufuzli ekspertlari o‘zini o‘zi boshqarish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar siyosati, ijtimoiy himoya,  mahallada tadbirkorlikni keng tadbiq etish kabi yo‘nalishlarda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya ishi shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettiriladi.

Abdulaziz YO‘LDOSHYEV

(Xalq so‘zi)

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер