Samarqandda issiqxonasida marixuana yetishtirgan shaxs ushlandi

21:44 25 Iyun 2025 Jamiyat
178 0

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati Payariq tumanida issiqxonada 221 tup giyohvandlik oʻsimligini yetishtirib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23-iyun kuni Samarqand viloyati IIB Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻlimi hamda Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan maxsus-profilaktik tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida Jomboy tumanida roʻyxatda turib, vaqtincha Payariq tumani Polvonariq mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisida joylashgan issiqxonada 221 tup giyohvandlik oʻsimligi yetishtirib kelinayotgani maʼlum boʻlgan.

Ushbu issiqxonaning ichki qismi koʻzdan kechirilganda u yerda ogʻirligi 1 kg boʻlgan quritilgan holdagi giyohvandlik moddasi ham saqlab kelinayotganligi aniqlangan va u tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?