HAMAS va Isroil asirlarni almashishni boshladi
Xalqaro Qizil Xoch Harakatining maʼlumotlariga koʻra, garovda boʻlgan isroilliklarni ozod qilish jarayoni boshlandi. AQSH vositachiligidagi sulh bitimining birinchi muhim bosqichi doirasida Isroildagi 2000 ga yaqin falastinlik mahbus ham ozod etiladi.
“Reuters” agentligi tarqatgan videoda Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi logotipi tushirilgan avtomobillar Xon Yunis shahrida harakatlanayotgani aks etgan. Ushbu transport vositalari falastinlik mahbuslarni tashish uchun foydalanilishi kutilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun Isroilga joʻnab ketmoqda. U yerda Tramp Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashishi va mamlakat parlamentida nutq soʻzlashi rejalashtirilgan. Shuningdek, u garovda boʻlganlarning oilalari bilan ham uchrashadi.
Shundan soʻng Oq uy rahbari Misrga yoʻl oladi. Qayd etilishicha, u yerda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerni ham oʻz ichiga olgan 20 dan ziyod davlat rahbarlari ishtirokida Gʻazo mintaqasi kelajagiga bagʻishlangan sammit boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring