Samarqandda “Ipak va Ipak yoʻli: Xanchjoudan Samarqandgacha” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston va Xitoyning madaniy va tarixiy merosiga bagʻishlangan ushbu koʻrgazmada Samarqand arxeologiya instituti, “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi va Xanchjoudagi Xitoy milliy ipak muzeyiga tegishli 86 ta buyum namoyish etilyapti.

Joriy yil Xitoy milliy ipak muzeyida XIX Osiyo oʻyinlari munosabati bilan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari koʻrgazmasi” boʻlib oʻtgan edi. Unda Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mahalliy jamoatchilikka mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan 20 ta eksponatni taqdim etgan edi. Samarqand koʻrgazmasida Xitoy milliy ipak muzeyi 26 ta namoyish ashyosini havola etyapti. Ushbu koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar Sin sulolasi davriga oid ipak namunalari, suratli gazlama toʻqish dastgohi, liboslar va shoyi mahsulotlarini koʻzdan kechirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Jumladan, unda miloddan avvalgi II va milodiy IV asrga oid Afrosiyob xarobalariga tegishli noyob terakota haykalchalari, VIII-XI asrlarga taalluqli sopol buyumlar, Toshkent viloyati Munchoqtepa qishlogʻida olib borilgan qazishmalarda topilgan shisha va bronza buyumlari oʻrin olgan.
Koʻrgazma 2024-yilning 15-sentyabriga qadar davom etadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring