Samarqandda 926 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan xonadon fosh qilindi

15:49 30 Yanvar 2026 Jamiyat
348 0

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unga koʻra, viloyatning Pastdargʻom tumanida gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, tumanning “Nayman” MFYda oʻtkazilgan xatlov vaqtida fuqaro E.S. oʻz xonadonida issiqxona tashkil etib, gaz hisoblash uskunasidan oldin rezina shlang orqali yashirin tarmoq tortgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 926 million 322 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan hamda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?