Samarqand viloyatida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.I. fermer xoʻjaligi rahbari I.Sh. va boshqalar xoʻjalik suv nasoslarini hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 171 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentining Samarqand shahar boʻlimi tomonidan ETK va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “G.H.” MCHJga qarashli qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli uy, “K.S.” MCHJning mehmonxona binosi hamda fuqaro S.N. xonadonida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganligi oqibatida jami 147,9 mln soʻmlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring