Samarqand viloyatida 2025-yilda 132 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi
Yangi yil bayrami Bulungʻur tumanidagi Kildon mahallasida yashovchi bolajonlar uchun quvonchli yangilik bilan boshlandi. Bu yerda zamonaviy “Mehrobjon” maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 2,5 milliard soʻm boʻlgan mazkur obyekt 75 oʻrinli boʻlib, 14 ta nafar xodimni ish bilan taʼminlashi koʻzda tutilgan. Yangi maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Soha rivojiga berilayotgan eʼtibor natijasida viloyatda 2025-yilda 132 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi. Bular — 11 ta davlat, 8 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va 113 ta oilaviy nodavlat asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Natijada qoʻshimcha 11 ming 761 nafar bola maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi
Bu haqda viloyat Matbuot uyida maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini kengaytirish maqsadida qamrov darajasi past boʻlgan olis hududlarda, jumladan, Bulungʻur tumanidagi 51-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2 ta, 70-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2 ta hamda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 104-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 3 ta, 67-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 3 ta, jami 10 ta guruh “Aqlvoy” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan 2 ta “ISUZU” avtobusi negizida 174 nafar bogʻcha yoshidagi bolalarga taʼlim-tarbiya berish yoʻlga qoʻyildi.
Bundan tashqari Toyloq ilk rivojlanish markazi tajribasi asosida Ishtixon, Oqdaryo, Past Dargʻom va Samarqand tumanlarida ilk rivojlanish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, qoʻshimcha 1500 oʻrin yaratildi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring