Samarqand viloyat Perinatal markazining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi — SSV
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini atroflicha oʻrganish maqsadida Samarqand viloyat Perinatal markazida boʻldi.
Vazir dastlab ushbu muassasada yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib, bemorlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida yurtimizda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, muddatidan avval tugʻilgan goʻdaklar uchun ixtisoslashtirilgan reanimatsion va intensiv xizmatlarni tashkil etish, kam vaznli chaqaloqlarni parvarish va reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar eʼtirof etilib, aholining bu boradagi fikrlari tinglandi.
Taʼkidlash lozimki, 250 oʻrniga moʻljallangan Samarqand viloyat Perinatal markazi 2022-yil kapital taʼmirdan chiqarilib, muassasada ginekologiya, homiladorlar patologiyasi, homiladorlikda yuqumli kasalliklar va chaqaloqlar patologiyasi kabi boʻlimlar tashkil etildi.
Shuningdek, homilador ayollarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu shifo maskani va viloyat tugʻuruq majmualari qoshida Samarqand davlat tibbiyot universitetining akusherlik va ginekologiya kafedralari va homilador hamda tugʻuvchi ayollar uchun “Onalar maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Markazning laboratoriya boʻlimi zamonaviy klinik-tashxislash jihozlari va reaktivlar bilan taʼminlanib, ayni paytda bu yerda 39 turdagi bioximik, 20 turdagi gematologik, 12 turdagi IFA (immunoferement analizator-Stat Faks 303) kabi laborator tahlillar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun muassasa 11 mlrd soʻm mablagʻ evaziga 14 turdagi zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.
Vazirlik masʼullari oʻrganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shifo maskanini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muammo va takliflar tinglanib, bu boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi va mavsumni talofatsiz oʻtkazish yuzasidan masʼullarga zarur tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring