Samarqand – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Nega?

11:09 19 Avgust 2024 Jamiyat
330 0

Foto: biznesrivoj.uz

“Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ Samarqand – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovlarini yoʻlga qoʻyishini maʼlum qildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati oʻzining rasmiy sahifasida maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu reyslar mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan joriy etilmoqda. Qoʻshimcha qatnovlar 25-avgustdan 3-sentyabrgacha davom etadi.

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganining 33-yillik bayrami va “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yurtimizda keng nishonlashishi kutilmoqda. Bu esa yoʻlovchilarning odatdagidan koʻpayishini bildiradi.

Qoʻshimcha qatnovlarning jadvali quyidagicha:

1) 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;

2) 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

“Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni ham mavjud”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, qaysi sohada maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni eng koʻp ekanligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?