Samarqand shahrida “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir!” shiori ostida marafon boʻlib oʻtdi
Foto: Халқ сўзи
Marafon Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni oldidan oʻtkazildi.
4 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchilar, oliy oʻquv yurti talabalari, mahalla faollari va yoshlari dastlab tonggi badantarbiya mashqlarini bajarishdi, soʻngra Spitamenshoh koʻchasining Markaziy harbiy okrug maʼmuriy binosi oldidan viloyat IIB yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi binosigacha boʻlgan 3 ming metr masofaga yugurish boshlandi.
Musobaqaning 35 yoshdan oshganlar oʻrtasidagi bahsida 3 kilometr 100 metr masofani bosib, marraga birinchi boʻlib yetib kelgan harbiy xizmatchi Ilhom Nazarov shohsupaning yuqori oʻrnini band etdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni ham harbiy xizmatchilar — Anvar Jabborov va Doston Ahmedov egalladi.
17 yoshgacha boʻlgan marafonchilar orasida marrani Samarqand shahridagi 68-maktab oʻquvchisi Elzon Mirzayev birinchilardan boʻlib bosib oʻtgan boʻlsa, 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlganlar orasida mahalla yoshlaridan Abror Moʻminov marafonchilarni ortda qoldirdi.
Shuningdek, eng yoshi ulugʻ marafonchi sifatida nafaqadagi harbiy xizmatchi Albert Saʼdullayev eʼtirof etildi. Bundan tashqari viloyat kasaba uyushmasi tomonidan eng faol qatnashchilar ham ragʻbatlantirildi.
Tadbir harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi bilan davom etdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring