Samarqand xalqaro haykaltaroshlar simpoziumiga mezbonlik qiladi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yil sentyabr oyida oʻtadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan “Samarqand ruhi” loyihasi doirasida 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar koʻhna va navqiron shahrimizda “Xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi” oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu simpoziumda 7 nafar xorijiy (Rossiya, Eron, Hindiston, Gruziya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan), 6 nafar mahalliy haykaltaroshlar Zarband marmaridan, metalldan va materialda ajoyib haykaltaroshlik namunalarini yaratadilar.
Aytish joizki, Oʻzbekiston mustaqilligi davrida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu xalqaro haykaltaroshlar simpoziumi Samarqand shahrining “Vatanparvar” bogʻida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring