Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi qarori bilan 2021-2022 oʻquv yilidan Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.
Oʻtgan yilda filialda 11 ta taʼlim yoʻnalishida 703 nafar talaba ilm olgan boʻlsa, mazkur oʻquv yilida 12 ta taʼlim yoʻnalishiga 481 nafar talaba qabul qilindi.
Samarqand davlat universiteti filialining ilmiy salohiyatini oshirib borish boʻyicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yilda maqsadli doktoranturaga 5 nafar tayanch doktorantlar qabul qilingan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 12 nafarga yetkazilishi koʻzda tutilgan.
Quvonarlisi, 2022-2023 oʻquv yili boshlanishi oldidan filialning yangi binosi foydalanishga topshirildi. 1000 oʻrinli muassasa mukammal taʼmirlanib, 31 ta oʻquv xonasi, kutubxona, tadbirlar oʻtkaziladigan zal hamda sport zali kerakli jihozlar va vositalar bilan taʼminlandi.
Shuningdek, investitsiya dasturlari doirasida 500 oʻrinli talabalar yotoqxonasi qurilishi ham jadal surʼatlar bilan davom ettirilmoqda.
— Filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash boʻyicha universitetning amaliy yordami koʻrsatilmoqda. Xususan, shu kunga qadar 72 nomdagi 1000 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlanib, yangi ochilgan yoʻnalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar yaratish tizimli yoʻlga qoʻyilgan, — deydi SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti dekani Anvar Sobirov. — Bugungi kunda filialda professor-oʻqituvchilar 56 nafarni tashkil etib, 2021-2022 oʻquv yilida ular tomonidan xalqaro ilmiy-texnik bazalarga kiruvchi jurnallarda 11 ta, xalqaro miqyosidagi jurnallarda 65 ta, respublika jurnallarida 160 dan ortiq maqola, xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalarda 60 dan ziyod tezislar chop etildi.
Oʻylaymizki, filial binosining taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy koʻrinishga keltirilganligi, taʼlim sifatini yanada takomillashtirish, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring