Samarqand avtomobil zavodida “SAZ LF70” avtobusi prototipi ishlab chiqildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. “SamAvto” korxonasida zamonaviy avtobuslar, pikaplar, yengil va oʻrta yuk avtomobillari hamda maxsus avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Korxona tashkil etilganidan buyon 55 mingdan ortiq avtotransport vositalarini yetkazib bergan. 2024-yilning kuzida avtomobil zavodi oʻzining yana bir ishlanmasi — past polli “SAZ LF70” avtobusining prototipini taqdim etgandi.
— Yangi mahsulot “ISUZU” dvigateli hamda jahon standartlariga mos avtomat uzatmalar qutisi, tormoz tizimi bilan jihozlangan boʻlib, yuqori xizmat muddati va foydalanish xavfsizligini kafolatlaydi, — deydi korxona bosh direktori oʻrinbosari Husen Qobilov. — Model harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun maxsus tizim bilan jihozlangan. Bekatlarda toʻxtash chogʻida yoʻlovchilar chiqib-tushishiga qulay boʻlishi uchun eshiklar tomon egilib, kuzov “choʻkadi”.
Ushbu model 26 oʻrindiqli, umumiy 70 yoʻlovchi sigʻimiga ega. Xalqaro texnologik reglamentlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan past polli avtobus shahar jamoat transportiga moʻljallangan. Korxonada “SAZ LF70 CNG” modelini seriyali ishlab chiqarish joriy yilning birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.
Samarqand avtomobil zavodida ekologik toza texnologiyalarga faol sarmoya kiritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Elektrobuslar ishlab chiqarish borasida ham harakatlar boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring